Jamiyat | 18:05 / 27.11.2021
2275
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 44 yoshli ayolni Turkiyaga sotib yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Samarqand tumanida 44 yoshli ayolni Turkiyaga sotib yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 17 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstermizmga qarshi kurash boshqarmasi, DXX hamda Departamentning Samarqand tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha Samarqand tumani Yangi hayot mahallasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda 32 yoshli xususiy taksi haydovchisi 44 yoshli ayolni Turkiya davlatiga shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun jo‘natmoqchi bo‘lib, tadbir ishtirokchisidan 1 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, fuqaroning o‘zi va pasportini sotgan vaqtida ushlangan.

Pullar ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid