OAV Turkmanistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari sanasini ma’lum qildi
Avvalroq Gurbanguli Berdimuhammedov mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida hokimiyat boshqaruviga yo‘l yosh rahbarlarga berilishi kerakligini ta’kidlagan edi. Navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi.
«Interfaks» xabariga ko‘ra, Turkmanistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 12 mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov «o‘zi haqida qiyin qaror» qabul qilganini e’lon qildi va mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida yosh yetakchilarga yo‘l berish kerakligini ta’kidladi.
Keyinroq u MSKga navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash vazifasini topshirdi.
Amaldagi prezident 2017 yil 12 fevralda bo‘lib o‘tgan saylovda davlat rahbari lavozimiga saylangan. O‘shanda unga saylovchilarning 97,69 foizi ovoz berdi. Jami esa 3 million 163 ming 692 nafar saylovchi ovoz berishda qatnashgan.
Davlat rahbari saylovi muqobillik asosida o‘tkazildi, davlatdagi oliy lavozimga to‘qqiz nafar nomzod da’vogarlik qildi.
Turkmaniston Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident 7 yil muddatga saylanadi. Navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi.
11 fevral kuni Ashxobodda Turkmaniston parlamenti oliy palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida, 2022-2052 yillarda davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish milliy dasturi qabul qilingandan so‘ng, prezident Gurbanguli Berdimuhammedov so‘z oldi. U bundan roppa-rosa 15 yil avval prezident etib saylanganini qayd etib, charchaganiga ishora qildi.
Yanvar oyi boshida navbatdan tashqari sessiya o‘tkazilishi e’lon qilinganidan beri, qo‘shni Qozog‘istonda tartibsizliklar davom etar ekan, ko‘pchilik 64 yoshli Berdimuhammedov o‘zi raislik qilayotgan parlament yuqori palatasi vakolatlaridan foydalangan holda hokimiyatni o‘z o‘g‘li Sardor Berdimuhammedovga o‘tishiga yo‘l ochuvchi qarorlar qabul qilish niyatida ekanini kutgan edi.
O‘tgan yilning sentyabrida 40 yoshga to‘lgan Sardor Berdimuhammedov endi konstitutsiyaga ko‘ra eng yuqori davlat lavozimiga da’vogarlik qilish huquqiga ega. Bundan roppa-rosa bir yil avval, 2021 yilning 11 fevralida otasi uni bosh vazir o‘rinbosari va hukumatdagi boshqa bir qator muhim lavozimlarga tayinlaganidan so‘ng, Sardorning siyosiy karerasida jiddiy o‘sish kuzatildi.
Mavzuga oid
14:01 / 31.10.2024
«Bu Kamala va Bayden sharafiga». Tramp chiqindi tashuvchi mashinaga minib oldi
21:25 / 30.10.2024
Trampning tarafdorlari Bayden ularni «chiqindi» deb ataganini aytishmoqda
16:35 / 30.10.2024
Farg‘onada saylov qonunchiligini buzgan uchastka saylov komissiyasi a’zosi ma’muriy jazoga tortildi
11:32 / 30.10.2024