11 fevral kuni Aşxobodda Turkmaniston parlamenti oliy palatasining navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötdi, deb xabar bermoqda Turkmaniston davlat axborot agentligi.
Yiğiliş yakunida, 2022-2052 yillarda davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş milliy dasturi qabul qilingandan söng, prezident Gurbanguli Berdimuhammedov söz oldi.
U bundan roppa-rosa 15 yil avval prezident etib saylanganini qayd etib, çarçaganiga işora qildi.
«Mana 15 yildan buyon Turkmaniston prezidenti sifatida eng yuqori va öta mas’uliyatli lavozimda işlayapman. Şu bilan birga, men Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi, Davlat xavfsizlik kengaşi raisi, Turkmaniston Qurolli kuçlari oliy boş qömondoni, Turkmaniston xalq maslahati milliy kengaşi raisi vazifalarini bajaryapman», — deya Berdimuhammedovning sözlari keltirilgan rasmiy xabarda.
Turkmaniston prezidenti davlatni rivojlantiriş böyiça vazifalarni amalga oşirişda yoşlarga katta umid boğlaşini, bundan ikki yil avval payğambar yoşiga yetganini va senatorlar bilan özi haqidagi qiyin qarorni muhokama qilmoqçi ekanligini ta’kidladi.
«Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqiçida davlat boşqaruvi sari yölni ma’naviy muhitda va zamonning yuksak talablari asosida tarbiyalangan yoş yetakçilarga beriş kerak, degan fikrni qöllab-quvvatlayman. Men Xalq maslahati raisi sifatida katta hayotiy va siyosiy tajribamni bundan buyon ham şu sohaga yönaltiriş niyatidaman», — dedi Gurbanguli Berdimuhammedov.
Ötgan yildan beri Turkmaniston parlamenti yuqori palatasi bölib kelayotgan Xalq maslahatining navbatdan taşqari sessiyasi 11 fevral kuni, Berdimuhammedov hokimiyatga kelganining 15 yilligi kuni bölib ötdi.
Yanvar oyi boşida navbatdan taşqari sessiya ötkazilişi e’lon qilinganidan beri, qöşni Qozoğistonda tartibsizliklar davom etar ekan, köpçilik 64 yoşli Berdimuhammedov özi raislik qilayotgan parlament yuqori palatasi vakolatlaridan foydalangan holda hokimiyatni öz öğli Sardor Berdimuhammedovga ötişiga yöl oçuvçi qarorlar qabul qiliş niyatida ekanini kutgan edi.
Ötgan yilning sentyabrida 40 yoşga tölgan Sardor Berdimuhammedov endi konstitutsiyaga köra eng yuqori davlat lavozimiga da’vogarlik qiliş huquqiga ega. Bundan roppa-rosa bir yil avval, 2021 yilning 11 fevralida otasi uni boş vazir örinbosari va hukumatdagi boşqa bir qator muhim lavozimlarga tayinlaganidan söng, Sardorning siyosiy karerasida jiddiy ösiş kuzatildi.


















