Sport | 15:47 / 25.02.2022
20624
1 daqiqa o‘qiladi

UYeFA YeChL finali Sankt-Peterburgdan Parijga ko‘chirilishini e’lon qildi

Foto: AP

Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib, harbiy harakatlar boshlagani ortidan UYeFA joriy yilgi Chempionlar ligasi finali mezbonligini Sankt-Peterburgdan olib qo‘yishga qaror qildi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi siyosiy vaziyat sababli UYeFA ijroqo‘mi 25 fevral kuni navbatdan tashqari yig‘ilishida YeChL finali mezbonligi Sankt-Peterburgdagi «Gazprom Arena» stadionida o‘tkazilmasligini e’lon qildi. Tashkilot final 28 may kuni Parijdagi «Stad de Frans» stadionida o‘tkazilishini tasdiqlagan.

Chempionlar ligasi finali 28 may kuni «Gazprom Arena»da o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Avvalroq, Rossiya Premer-ligasi 19-turi qoldirilishi hamda Ukrainada chempionat to‘xtatilgani haqida e’lon qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni ertalab Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qilgach, Rossiya Ukrainaga qarshi urush ochdi.

Mavzuga oid