Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘ylab harakat qiluvchi Andijon – Qo‘qon shaharlararo yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, elektropoyezdlar 2022 yilning 1 martidan boshlab harakatlana boshladi.
Poyezdlar haftaning seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari Qo‘qon – Andijon-1 – Qo‘qon shaharlararo yo‘nalishida fuqarolarga xizmat qiladi.
Tonggi 5:00 da Qo‘qondan harakatlanishni boshlagan elektropoyezdlar 16 ta stansiyada to‘xtab, Andijonga kirib keladi.