O‘zbekiston | 12:07 / 29.04.2022
12479
1 daqiqa o‘qiladi

Sardor Umrzoqov va Sergey Lavrov telefon orqali muloqot qildi

28 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Foto: Rossiya TIV

Rossiya TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 19 noyabr kuni Moskvaga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari, Rossiya va O‘zbekistonning MDH, ShHT va umuman, tashqi siyosat yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 27 aprel kuni prezident farmoniga asosan Vladimir Norov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Unga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining vazifalarini bajarish ham yuklangan.

Mavzuga oid