O‘zbekiston | 07:53 / 19.10.2022
8660
1 daqiqa o‘qiladi

Migrantlarning pensiyasi qanday rasmiylashtirilishi tushuntirildi

Migrantlarning pensiyasi qanday rasmiylashtirilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi. “Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali tegishli axborot bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Xorijda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga ko‘ra mehnat stajiga qo‘shiladi:

2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun - Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun - yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda.

O‘zbekiston fuqarolarining yollanma (bitim) asosda xorijda ishlaganligi hukumat tomonidan vakolat berilgan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.

Mavzuga oid