Shols Zelenskiy bilan hozirgi vaziyatni muhokama qildi
Ukraina prezidenti bilan suhbat chog‘ida Germaniya kansleri Kiyevni bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga ishontirdi. Olaf Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Berlin Ukrainani havo hujumidan mudofaa sohasida va uzoq muddatda mamlakatni qayta qurishda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Germaniya kansleri Olaf Shols 29 noyabr, seshanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Ukrainadagi siyosiy, harbiy va gumanitar vaziyat yuzasidan fikr almashdi, dedi Germaniya hukumati matbuot kotibi Shteffen Xebeshtrayt. Uning aniqlik kiritishicha, Zelenskiy Sholsga Rossiya raketa zarbalarining fuqarolik infratuzilmasi, suv va elektr ta’minotiga zarari haqida ma’lumot bergan. Germaniya kansleri Ukraina hududining o‘qqa tutilishini qoraladi va Kiyevni bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashga ishontirdi.
Xebeshtraytning ta’kidlashicha, GFR hukumati allaqachon Ukrainaga energetika infratuzilmasini ta’mirlash uchun taxminan 56 million yevro miqdorida moliyaviy yordam, shuningdek, 350 dan ortiq generatorlar taqdim etgan.
Olaf Shols, shuningdek, Germaniya Ukrainani havo mudofaasi sohasida va bu mamlakatni uzoq muddatda qayta qurishda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini tasdiqladi. Suhbatdoshlar konstruktiv fikr almashishni davom ettirishga va yaqin aloqada bo‘lishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
13:20 / 09.12.2024
Axios: Tramp Zelenskiy bilan Parijda uchrashishni istamagan
17:12 / 08.12.2024
Zelenskiy: urush boshlanganidan beri 43 ming ukrainalik harbiy halok bo‘ldi
13:33 / 08.12.2024
Tramp Putinni Ukraina bilan muzokaralarga chaqirdi
17:05 / 07.12.2024