13:15 / 10.12.2022
6510

Eronda 24 namoyishchi o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin

Eronda hukumatga qarshi namoyishlar ishtirokchilariga ayblov qo‘yildi. U o‘lim jazosini o‘z ichiga oladi.

Eronda kamida 24 nafar namoyishchi hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin. Eronning Eternad gazetasi 10 dekabr, shanba kuni adliya idoralari tomonidan tuzilgan, ayblovlar qo‘yilgan 25 nafar namoyishchining ismlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ayblov o‘lim jazosini o‘z ichiga oladi.

Ro‘yxatdagi reper Mohsen Shekariy 8 dekabr kuni qatl etildi. U «Basij» harbiylashtirilgan guruh a’zosiga qurol bilan hujum qilganlik, odamlarni qo‘rqitganlik va yo‘llardan birini to‘sganlikda ayblangan. Eron adliya idoralari yaqinlashib kelayotgan yangi qatllarni e’lon qildi. Eternad gazetasi Eron adliya organlarini o‘lim hukmlarini bekor qilishga va keyingi qatllarning oldini olishga chaqirdi. 

Xalqaro hamjamiyat Mohsen Shekariyning qatl etilishini keskin qoraladi. Shu bilan birga, Eron siyosiy rahbariyati, jumladan, prezident Ibrohim Raisiy reperning qatl etilishini mamlakatdagi tartibsizliklarga qonuniy javob deb atadi. Namoyishchilar hukumatga javob choralari bilan tahdid qilishgan. Ijtimoiy tarmoqlarda «Qasosimizni kuting» degan ogohlantirish tarqalmoqda. Shu hafta oxirida xorijda istiqomat qiluvchi eronliklar qator norozilik namoyishlari o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Mavzuga oid
Top