O‘zbekiston | 08:45 / 17.12.2022
9105
1 daqiqa o‘qiladi

«Ukrenergo» favqulodda holat rejimini bekor qildi

«Ukrenergo» energetika tizimidagi favqulodda vaziyat rejimini bekor qildi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi. 

Foto: focus

Rejim Rossiyaning raketa hujumlari natijasida Yagona energiya tizimi iste’molining 50 foizdan ortig‘i yo‘qolganidan keyin bugun joriy qilingan.

Avvalroq Rossiyaning yangi o‘qqa tutishi munosabati bilan Ukraina ko‘plab hududlarida favqulodda elektr ta’minoti uzilishlariga o‘tishga to‘g‘ri kelgandi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ma’lum qildi.

5 dekabr oqshomidagi eng ko‘p uzilishlar Vinnitsa, Dnipropetrovsk, Jitomir, Kiyev, Odessa, Xmelnitskiy va Cherkassk viloyatlarida qayd etilgan. 

Bu chora energetika tizimini barqarorlashtirish uchun zarur, deya tushuntirdi Ukraina davlati rahbari. 

Bundan tashqari, otishma natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Mavzuga oid