Rossiya Moldovaga bostirib kirishga tayyorlanmoqda – Mustyatse
Moldova Xavfsizlik kengashi rahbari Aleksandr Mustyatse so‘zlariga ko‘ra, bosqin 2023 yilda amalga oshadi.
Moldova Xavfsizlik kengashi rahbari Aleksandr Mustyatse so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 2023 yilda Moldovaga hujum qilish rejasini tayyorlamoqda. Bu rejaning amalga oshirilishi Ukrainadagi harbiy mojaroning rivojlanishiga bog‘liq.
«Gap Rossiya Federatsiyasining Moldova Respublikasi hududiga bostirib kirishi emas, balki bu qachon sodir bo‘lishi haqida ketyapti: yil boshida – yanvar-fevralda yoki keyinroq – mart-aprelda. Bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda, Rossiya Federatsiyasi buni amalga oshirish niyatida», — dedi Mustyatse TVR Moldova telekanaliga bergan intervyusida.
Moldova Xavfsizlik Kengashi rahbarining fikricha, Rossiya uning davlatiga Dnestrbo‘yi hududi orqali bostirib kiradi. Hujum Kolbasna qishlog‘idagi Yevropaning eng yirik o‘q-dorilar omboriga uyushtiriladi, u yerda 20 ming tonna o‘q-dori saqlanmoqda.
Mustyatse yaqinlashib kelayotgan hujum haqida hech qanday dalil keltirmadi.
Mavzuga oid
22:34
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024