O‘zbekiston | 08:50 / 22.12.2022
5876
4 daqiqa o‘qiladi

Komissiyasiz yangi yil o‘tkazmalari

InfinBANK Visa kartalaridan amalga oshiriladigan o‘tkazmalar uchun komissiyani bekor qildi.

Foto: InfinBANK

Yangi yil ham eshik qoqmoqda. Bunday kunlarda yaqinlarga sovg‘a ulashishning shukuhi ham o‘zgacha. Hali yaqinlaringizni qanday sovg‘a bilan xursand etish borasida bir qarorga kelmagan bo‘lsangiz, unda barchaga manzur keladigan variantdan foydalaning, ya’ni o‘zingizga qadrli insonlarga pul yuboring.

Mahalliy va xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirishning juda ko‘p usullari mavjud: masalan, onlayn to‘lov xizmatlari, banklarning xizmat ko‘rsatish ofislari, pochta bo‘linmalarida pul yuborish. Biroq pul yuborayotganda xizmat uchun majburiy komissiya olinishi hech kimga sir emas, ba’zida bunday komissiya g‘oyatda yuqori ham bo‘lishi mumkin. InfinBANK ortiqcha komissiyalarni bartaraf etishda ildam qadam tashlamoqda – bankda UzCARD kartalari orasidagi o‘tkazmalar uchun past komissiya (0,25%) belgilangan, HUMO kartalaridan amalga oshirilgan o‘tkazmalar uchun komissiya mavjud emas, «Nol» tarifida VISA kartasidan to‘langanda komissiya bekor qilingan, 15 dekabrdan esa VISA to‘lov tizimi kartalari orasida bepul o‘tkazmalar yo‘lga qo‘yildi.

Nima uchun VISA Direct tizimi orqali pul o‘tkazishni tanlagan ma’qul? Quyida buning 6 ta inkor qilib bo‘lmas ustunligini sanab o‘tamiz:

1. Xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyati. VISA Direct yaqin xorij mamlakatlaridagi qarindoshlari va yaqinlariga muntazam pul yuboruvchi insonlar uchun chinakam topilma.

2. Minimal sondagi rekvizitlar zarur xolos. Pul yuboruvchiga oluvchi kartasining 16 xonali raqamini bilish kifoya. Odatda xalqaro o‘tkazmalarning boshqa usullaridan foydalanilganda, adresatning to‘liq ismi, yashash shahri, shaxsni tasdiqlovchi hujjat tafsilotlarini ma’lum qilish talab etiladi.

3. Onlayn tartibda o‘tkazish. Bankka borish, navbatda turish, pul o‘tkazmasi uchun komissiya to‘lashga hojat yo‘q, barchasi mobil ilovada amalga oshadi.

4. Qulaylik: pulni mamlakatdagi barcha banklar va jahonning 50 dan ortiq mamlakatlariga o‘tkazish mumkin.

5. Pulni o‘sha zahotiyoq o‘tkazish. 90% holatlarda pul bir zumda kelib tushadi.

6. Xavfsiz o‘tkazmalar. VISA o‘tkazma haqidagi ma’lumotni axborotlarni shifrlagan holda himoyalaydi. Pulni oluvchi tomon hech qanday xavotirsiz o‘z kartasining raqamini yuboruvchiga ma’lum qilishi mumkin (boshqa turdagi hech qaysi axborotni uzatish mumkin emas).

O‘zining 15 yilligi sharafiga bank foydalanuvchilarga pullarni mobil ilova orqali InfinBANK VISA kartalaridan O‘zbekistonning boshqa banklari kartalariga yoki jahonning 50 dan ortiq mamlakatlariga hech qanday komissiyasiz o‘tkazish imkoniyatini hadya etadi. Buning uchun InfinBANK ilovasini yuklang, VISA kartani rasmiylashtiring hamda tezkor va ishonchli o‘tkazmani amalga oshiring. Hatto zamonaviy qurilmalardan uncha faol foydalanmaydigan katta yoshdagi avlod ham pullarni hech qanday qiyinchiliksiz o‘tkaza oladi.

InfinBANK xizmatlari bilan o‘z yaqinlaringiz haqida qayg‘uring.

* Aksiya 2022 yilning 15 dekabridan 2023 yilning 31 yanvariga qadar amal qiladi.

Sayt: infinbank.com

Facebook: @InFinBank https://www.facebook.com/InFinBank

Instagram: @investfinancebank https://www.instagram.com/investfinancebank/

Telegram-bot: @Infin_bank_bot

Mobil ilova: https://myinfin.page.link/KunUz

Reklama

Mavzuga oid