O‘zbekiston | 21:14 / 05.01.2023
9362
2 daqiqa o‘qiladi

TIV Afg‘onistonda ayollarning ta’lim olishiga taqiq qo‘yilganiga tashvish bildirdi

Vazirlik bu qarorning qayta ko‘rib chiqilishidan umidvor ekanini ma’lum qildi. 

Foto: AP Photo/Petros Giannakouris

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda ayollarning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishiga taqiq qo‘yilgani yuzasidan bayonot berdi. 

«Afg‘onistonda xotin-qizlarning davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishiga taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarni chuqur tashvish bilan qabul qildik. 

Afg‘on xalqining tinch va farovon kelajakni barpo etish yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qat’iyat belgisi sifatida ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilamiz», deyiladi bayonotda. 

2022 yil dekabr oyida Afg‘onistondagi hukmron «Tolibon» harakati afg‘on ayollariga universitetlarda o‘qish taqiqlab qo‘ydi. Ta’lim vazirligi bayonotiga ko‘ra, ayollarning universitetlarga kirishiga cheklov zudlik bilan va muddatsiz kuchga kiradi. 

O‘tgan yili «Tolibon» qizlarning o‘rta maktablarda o‘qishini taqiqlagan edi. 

Mavzuga oid