Toshkentda kuchli yog‘in tufayli daraxtlar qulamoqda – fotoreportaj
9 yanvardan 10 yanvarga o‘tar kechasi Toshkentda kuchli qor yog‘ishi oqibatida ko‘plab daraxtlarning shoxlari og‘irligini ko‘tara olmay egilib qolgan yoki sinib tushayotgan bo‘lsa, ayrim daraxtlar qordan oldin yog‘gan yomg‘irdan so‘ng tagi yumshab qolgani tufayli ildizi bilan qo‘porilib qulamoqda.
Poytaxtda kechadan buyon tinmay yog‘ayotgan qor og‘irligini ko‘tara olmay ayrim daraxtlarning shoxlari sinib tushgani yoki bor bo‘y-basti bilan qulagani kuzatuv kameralariga tushib qolgan.
Kun.uz muxbiri Toshkent ko‘chalari bo‘ylab kezib, qordan og‘irlashgan shoxlarini ko‘tara olmay qulagan yoki shoxi sinib tushgan daraxtlar aks etgan fotoreportaj tayyorladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yog‘ingarchilik ta’sirida qulab tushgan daraxtlar aks etgan videolar tarqalmoqda.
Ayrim holatlarda bundan transport vositalariga talafot yetganini ko‘rish mumkin. Hozircha daraxtlar qulashidan zarar ko‘rgan avtomobillar soni ma’lum emas.
Mutasaddilar haydovchilarni transport vositalarini daraxtlar va mo‘rt konstruksiyalar ostiga qo‘ymaslik haqida ogohlantirishmoqda.
Avvalroq Toshkent shahar IIBB 9-11 yanvar kunlari Toshkent shahrida yomg‘ir-qor yog‘ishi va kuchli shamol esishi haqida ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024