O‘zbekiston | 14:23 / 10.01.2023
3164
2 daqiqa o‘qiladi

Yangilangan tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi joriy etilyapti

Prezident tomonidan “O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tahririni joriy etish to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.i

Foto: AP

Oliy Majlisning “Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirish uyg‘unlashtirilgan tizimi to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi qaroriga hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining Yagona tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi to‘g‘risidagi bitimga muvofiq, O‘zbekistonda Yagona tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi qo‘llaniladi. U Jahon bojxona tashkilotining (JBT) Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimiga asoslangan.

Jahon savdosida muomalada bo‘lgan tovarlarning xalqaro tasnifini uyg‘unlashtirish maqsadida Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. 

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga tasniflash kodlari o‘zgargan mahsulotlar ro‘yxatini tasdiqlash topshirig‘i berilgan.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tahririni o‘z rasmiy saytlarida joylashtiradi.

Mavzuga oid