O‘zbekiston | 12:44 / 15.02.2023
6667
1 daqiqa o‘qiladi

Kamoliddin Nabiyev yana «Maxsustrans» korxonasiga rahbar etib tayinlandi

«Maxsustrans» korxonasiga Kamoliddin Nabiyev rahbar vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Abdujamil Abduvahobov o‘z xohishi bilan lavozimni tark etdi.

Kamoliddin Nabiyev «Maxsustrans» qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish korxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi etib qayta tayinlandi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

Ilgari, 2018 yilgacha u ushbu korxonaga rahbarlik qilgan, so‘ngra Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sanitariya-tozalash ishlarini tashkil etish markaziga rahbarlik qilgan. 

Avvalgi rahbar Abdujamil Abduvahobov o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shatildi. 

8 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev «Maxsustrans» korxonasini isloh qilish va moliyaviy ahvolini yaxshilash zarurligini ma’lum qilgan edi. 

Davlat rahbari chiqindilarni alohida yig‘ish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni «mutlaqo qoniqarsiz» deb atadi va mas’ullarga poytaxtda chiqindilarni qayta ishlash darajasini kamida 50 foizga (hozir bu ko‘rsatkich 18 foiz) oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. 

Mavzuga oid