O‘zbekiston | 11:45 / 02.03.2023
3537
2 daqiqa o‘qiladi

Latviya Seymida Oliy Majlis bilan hamkorlik bo‘yicha yangi guruh tuzildi

Latviya parlamentida Seym va O‘zbekiston Oliy Majlisi o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi guruh tuzildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo AA

Seymdagi avvalgi guruh 2019 yil noyabrda tashkil etilgan va 2022 yil 1 oktyabrda Latviyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlariga qadar faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston elchisi Qadamboy Sultonov va Latviya Seymi spikeri Edvards Smiltens o‘rtasida 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mazkur Parlamentlararo hamkorlik instituti faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Seymdagi guruhga Milliy iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va mintaqaviy rivojlanish komissiyasining Atrof-muhiti, iqlim va energiyani muhofaza qilish bo‘yicha quyi qo‘mitasi raisi, «Birlashtirilgan ro‘yxat» partiyasi a’zosi Andris Kulbergs boshchilik qiladi.

«Yangi birlik» partiyasi a’zosi Irma Kalynnya uning o‘rinbosari etib tayinlandi. Guruh 10 nafar deputatdan iborat.

2020 yil 10 iyundan boshlab O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida Latviya Seymi bilan hamkorlik bo‘yicha do‘stlik guruh faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu guruhga Oliy Majlis quyi palatasi spikerining o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov boshchilik qilmoqda.

Mavzuga oid