O‘zbekiston | 12:55 / 15.03.2023
13897
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Mobiuz abonentlari 500 million so‘m yutib oldi

Mobiuz mobil operatorining “Omadli to‘lov” aksiyasi yakunlandi. 84 nafar abonent turli pul sovrinlarini qo‘lga kiritdi.

Foto: Mobiuz

Mobiuz faoliyatining birinchi yillaridanoq qimmatbaho sovrinlarni yutish imkoniyatini beruvchi turli aksiyalarni o‘tkazib keladi. Birgina so‘nggi 4 yil ichida kompaniyaning 170 dan ortiq abonentlari 3 milliard 400 million so‘mdan ortiq mablag‘larni, shuningdek, 15 ta avtomobil va Dubayga 4 ta sayohatni yutib olishgan.

“Omadli to‘lov” aksiyasi abonentlar o‘z omadlarini sinab ko‘rish uchun yana bir imkoniyat bo‘ldi. U o‘tgan yilning 1 dekabridan joriy yilning 28 fevraligacha bo‘lgan davrda o‘tkazildi.

Foto: Mobiuz

Ishtirok etish uchun abonentlar kompaniyaning rasmiy mobil ilovasi orqali istalgan Mobiuz abonenti hisobini kamida 40 ming so‘mga to‘ldirishi kerak edi. Har 40 ming so‘m bitta imkoniyatga teng edi. Aksiyaning uch oyi davomida bitta abonent-ishtirokchi 30 ta imkoniyatni to‘plashi mumkin edi.

Sovrinlar o‘yini boshlanishidan bir necha kun oldin barcha imkoniyatlarga noyob ID-kodlar berildi. Maxsus USSD-buyrug‘i (*2023#) yordamida abonentlar o‘zlariga aynan qaysi noyob kodlar belgilanganligini bilib olishlari mumkin edi. Umumiy hisobda 43 025 ta shunday noyob kodlar o‘yinda ro‘yxatga olindi.

Foto: Mobiuz

Aksiya g‘oliblari tomoshabinlar, ishtirokchilar va tashkilotchi uchun qulay bo‘lgan eng samarali usul – onlayn randomayzer yordamida aniqlandi. Jami 84 ta sovrin o‘ynadi: har biri 1 million so‘mdan – 30 ta sovrin, 3 million so‘mdan – 20 ta, 5 million so‘mdan – 15 ta, 10 million so‘mdan – 10 ta, 15 million so‘mdan – 5 ta sovrin hamda 20 million so‘mdan – 3 ta sovrin o‘ynaldi. Asosiy yutuq esa 100 million so‘mni tashkil qildi.

O‘yin jarayonini IT Park Uzbekistan, Telegram va “Yandeks Reklama”ning O‘zbekistondagi vakillaridan iborat mustaqil komissiya hamda Mobiuz ofislaridan biriga tashrif buyurganlar bevosita kuzatib bordi. Tadbirning maksimal shaffofligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida Telegram va Instagram foydalanuvchilari uchun onlayn translatsiya tashkil etildi.

Foto: Mobiuz

Jarayon davomida g‘olib deb topilgan ayrim ID-kodlar sohiblari bilan telefon aloqasi o‘rnatildi. Boshlovchi ularga xushxabarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn efir paytida aytib berdi va birinchi taassurotlarini bilib oldi.

Barcha g‘oliblarning ID-kodlari va g‘oliblar ro‘yxati www.mobi.uz saytida joylashtirilgan. G‘oliblarni aniqlash marosimini esa operatorning Instagram akkauntida ko‘rish mumkin.

Bir necha kun ichida kompaniya vakillari g‘oliblar bilan bog‘lanadilar va sovrinlarni topshirish uchun ularning hujjatlarini rasmiylashtirishni boshlaydilar. Keyin esa pul sertifikatlarini topshirish marosimlari bo‘lib o‘tadi, bu haqda Mobiuz alohida e’lon qiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid