Jahon | 18:55 / 16.03.2023
20890
1 daqiqa o‘qiladi

«Million» laqabli qo‘y Qozog‘istonda eng yirik deb topildi

Qozog‘istonlik fermer 230 kg vaznga ega qo‘yni boqib, yetishtirdi.

Foto: Sputnik

Hisor zotiga mansub «Million» laqabli qo‘y Qozog‘iston rekordlar kitobiga kiritildi. Hayvonning vazni 230 kilogramm, bo‘yi esa 1,05 metr, deb yozdi Sputnik.

Turkiston viloyatida yashovchi «Million» egasiga go‘sht-yog‘ yetishtirish yo‘nalishidagi qo‘yning vazni 230 kilogramm ekanini tasdiqlovchi sertifikat berildi.

«Million - rekordlar kitobiga kirdi. Bu tarix», deb yozdi qo‘yning egasi Quanish Miktibayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Quanish Miqtiboyev fermer bo‘lib, nasldor chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Ikki yil oldin u chimkentlik fermer Rustam Turg‘unovdan «Kashtan» ismli qo‘chqorni 18 mln tengega (qariyb 40 ming dollarga) sotib olgan edi. Bu bir kvartiraning narxi bilan teng.

Mavzuga oid