O‘zbekiston | 10:05 / 05.05.2023
3163
1 daqiqa o‘qiladi

Baliqchilik xo‘jaliklari uchun subsidiya miqdorlari kamaytirildi

Vazirlar Mahkamasining “Budjet siyosatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

O‘zgarishlarga muvofiq, 2024 yil 1 yanvarga qadar respublika budjetidan baliqchilik xo‘jaliklariga – intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 1500 so‘m, qolgan turdagi baliqlar uchun 500 so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi (ilgari tegishincha 3000 va 1000 so‘m ajratilar edi).

Hujjat qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023 yil 1 maydan kuchga kirdi.

Mavzuga oid