O‘zbekiston | 12:58 / 11.05.2023
8574
4 daqiqa o‘qiladi

Mobiuz aksiya g‘oliblariga pul sertifikatlarini topshirdi

Foto: Mobiuz

G‘oliblar “Omadli to‘lov” aksiyasi doirasida 1 million so‘mdan 100 million so‘mgacha yutib olishdi. Ularni aniqlash marosimi shu yilning mart oyida bo‘lib o‘tgandi.

Mobiuz mobil operatori o‘z abonentlariga quvonch baxsh etishda davom etmoqda. Kompaniya nafaqat manfaatli tarif rejalari va xizmatlari bilan, balki pul va boshqa sovrinlarni yutib olish imkonini beruvchi aksiya va tanlovlar orqali buni uddasidan chiqmoqda.

Kompaniyaning Markaziy ofisida hamda hududlardagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazlarida “Omadli to‘lov” aksiyasi g‘oliblariga pul sertifikatlarini topshirish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Aksiyaning sovrin jamg‘armasi 500 million so‘mni tashkil qildi.

Mobiuz’ning amaldagi va yangi abonentlari uchun “Omadli to‘lov” aksiyasi uch oy davomida o‘tkazildi. Mobiuz mobil ilovasi orqali kompaniyaning istalgan abonenti balansini kamida 40 ming so‘mga to‘ldirganlar aksiya ishtirokchisiga aylandi. 2023 yilning mart oyida aksiyaning 84 nafar g‘olibini aniqlash bo‘yicha rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi.

Baxtli insonlarning barcha kerakli hujjatlari to‘planib, rasmiylashtirilgach, kuni kecha pul sertifikatlari topshirildi. Barcha yutuqlar g‘oliblarga naqd pulsiz shaklda yaqin kunlarda o‘tkazib beriladi.

Namangan viloyatidan Islombek S.:

– Bir yil avval Mobiuz’ga ulangandim. “Omadli to‘lov” aksiyasi doirasida 5 million so‘m yutib oldim. Men uchun bu kutilmagan voqea bo‘ldi, chunki menda g‘alaba qozonish uchun faqat ikkita ID-kod (imkoniyat) bor edi.

Qashqadaryo viloyatidan Otabek H.:

- Kompaniya vakillari mart oyida jonli efirda g‘oliblarni aniqlash bo‘layotganda menga qo‘ng‘iroq qilishgan ekan, lekin ma’lum sabablarga ko‘ra qo‘ng‘iroqqa javob bera olmagandim. Keyinroq kompaniyadan bog‘lanib, 100 million so‘m yutib olganimni aytishganida, ishonmadim. Ammo bu haqiqat bo‘lib chiqdi. Yutgan mablag‘ni qanday maqsadlarga sarflashni hali hal qilmadim.

Samarqand viloyatidan Kamoliddin A.:

– 20 million so‘mlik uchta sovrinni qo‘lga kiritgan g‘oliblardan biri bo‘ldim. Anchadan beri ota-onamni Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuborishni orzu qilardim. Sovrin orzum ushalishiga meni yaqinlashtirdi. Mobiuz’ga rahmat aytaman, uning xizmatlaridan 2016 yildan beri foydalanib kelaman.

Surxondaryo viloyatidan Azamat R.:

- O‘tgan yilning oxirida Mobiuz’ning «Jozibali» tarifiga yangi raqam bilan ulangandim. Kompaniya mobil ilovasida aloqa uchun pul to‘lab, aksiya ishtirokchisiga aylandim. 10 million so‘mlik sovrinni yutib oldim. Tadbirkor sifatida men muvaffaqiyatga ishonaman – mana aksiya ham menga muvaffaqiyat olib keldi.

“Omadli to‘lov” aksiyasining har bir g‘olibi Mobiuz bilan bog‘liq o‘z muvaffaqiyat tarixiga ega. Uyali aloqa operatori ularga kamida quvonch va ijobiy his-tuyg‘ularni taqdim etdi. Aksariyat g‘oliblar esa kompaniya tufayli o‘z orzu va rejalari ro‘yobga chiqishi sari yana bir qadam tashlashdi. Shunday ekan, Mobiuz nafaqat aloqa xizmatlarini taqdim etmoqda, balki o‘z abonentlariga mehr va e’tibor ko‘rsatib kelmoqda.

Reklama huquqi asosida

 

Mavzuga oid