O‘zbekiston | 16:56 / 15.05.2023
8443
5 daqiqa o‘qiladi

Wendy's Toshkentda o‘zining to‘rtinchi restoranini ochdi

8 may kuni Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasida to‘rtinchi Wendy's restoranining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Wendy's

8 may kuni restoranning tantanali ochilish marosimida Wendy's’ning o‘ziga xos burgerlarini tatib ko‘rish va bayramona kayfiyatdan bahramand bo‘lishni istagan ko‘plab mehmonlar to‘plandi. Iqtidorli boshlovchi Soti Kamolov boshchiligida o‘tkazilgan ochilish marosimida DJ Sam, sirk ustalari, animatorlar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimini tadbirning maxsus mehmoni, The Wendy's Company vitse-prezidenti Rajyeyev Sabharval o‘z nutqi bilan ochib berdi:

“O‘zbekistonda rivojlanish va o‘sish biz uchun juda muhim – bu Wendy'ning muvaffaqiyat tarixidan bir qism xolos. Ayni paytda dunyoning 31 dan ortiq mamlakatlarida Wendy's restoranlari mavjud. Bizning maqsadimiz Wendy's’ni dunyodagi eng sevimli tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘iga aylantirishdir. Wendy's O‘zbekiston jamoasi bu yo‘ldan muvaffaqiyatli bormoqda. Bu yerda Shohrux Jalilov va uning ajoyib jamoasi bilan ishlash biz uchun sharaf, chunki ular o‘z jamoasiga ishonishadi.

Ular uchun odamlarga sarmoya kiritish va O‘zbekistonda o‘sishi uchun imkoniyat yaratish muhim, buning uchun men ham ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Wendy's’dagi maqsadimiz yuqori sifatli taomlar tayyorlashga asoslangan ovqatlanish tajribasini taqdim etishdir. Restoranimizga do‘stlaringiz, oilangiz bilan tashrif buyuring".

 

U o‘z so‘zini barcha mehmonlarga ochilishda ishtirok etganliklari uchun tashakkur aytib, ushbu tadbirda qatnashayotgan Kusto Group jamoasiga alohida minnatdorchilik bildirdi.

O‘z navbatida, Kusto Group direktorlar kengashi a’zosi Orazxan Karsibekov ochilish marosimiga tashrif buyurgan barcha mehmonlarni tabrikladi va Toshkentda to‘rtinchi restoranni ochishga imkon yaratgan Rajiv, Wendy's jamoasi haqida iliq fikrlar bildirdi.

“Wendy'sni qanchalik yaxshi ko‘rsangiz, O‘zbekistonda Wendy's filiallari shunchalik ko‘p ochiladi. Biz birinchi 20 ta restoranni ochishni rejalashtirmoqdamiz, keyin hammasi sizga bog‘liq. Yoshlar uchun – 650 dan ortiq ish o‘rni yaratamiz. Hammani tabriklayman, muxlislarimiz yanada ko‘payadi degan umiddaman”.

Uning fikricha, O‘zbekistonda Wendy's kompaniyasining kengayishi mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltiradi va yangi ish o‘rinlari yaratadi.

Wendy's kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori Shohruh Jalilov respublikaning boshqa hududlarida ham restoranlar ochilishi haqida ma’lum qildi. “Joriy yilda O‘zbekistonda yana 6 ta restoran ochamiz, ulardan biri tez orada Andijon shahrida ochiladi. Shuning uchun bizni kuzatib boring!" dedi u.

Ochilish marosimida qiziqarli shou-dasturdan tashqari, mehmonlar uchun restoran ochilishi munosabati bilan 1+1 aksiyasi e’lon qilingan edi. Bu esa mehmonlarga Wendy's brendi ostidagi Burgerni arzon taklifda tatib ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatni berdi. Marosimda har bir mehmonga esdalik uchun Wendy'ning kolleksiya buyumlari taqdim etildi.

Ta’kidlash joizki, Taras Shevchenko ko‘chasidagi yangi Wendy's restorani to‘g‘ridan-to‘g‘ri amerikacha zamonaviy dizayni bilan barcha mehmonlarni hayratda qoldirdi. Restoran tabiiy yog‘och ranglarini yorqin ranglar va qiziqarli detallar bilan uyg‘unlashtirgan yangi intereri bilan mamnun. Yuqori shiftlar, katta derazalar va yorug‘lik ajoyib va ​​tasalli ovqatlanish tajribasini yaratadi.

Ayni paytda brend rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanmoqda: 2030 yil oxiriga qadar 650 dan ortiq ish o‘rni yaratish bilan 20 dan ortiq restoran ochish.

The Wendyʼs Company'ga 1969 yilda Deyv Tomas tomonidan AQShning Ogayo shtati, Kolumbusda asos solingan. Wendyʼs hozirda butun dunyo bo‘ylab 7000 dan ortiq restoranlarni boshqaradi. O‘zbekistondagi birinchi Wendyʼs restorani 2019 yilda ochilgan.

Wendyʼs'ning Markaziy Osiyodagi operatori va franshizasi xalqaro Kusto Group xoldingi hisoblanadi. Guruh 10 ta davlatda 30 dan ortiq kompaniyalarga ega: Kanada, Xitoy, Gruziya, Isroil, Qozog‘iston, Rossiya, Singapur, Turkiya, Vetnam, Ukraina. Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari – agrobiznes, neft va gaz, ko‘chmas mulk, qurilish materiallari va chakana savdo.

Ish vaqti: 08:00 - 01:00

Manzil:Taras Shevchenko ko‘chasi, 38 uy.

Mo‘ljal: Perfectum

Telefon: +998 95 979 01 11

Instagram: @wendys_uzbekistan

Franshiza haqida ma’lumot: www.wendys.com

Reklama

Mavzuga oid