O‘zbekiston | 12:50 / 07.06.2023
42886
3 daqiqa o‘qiladi

Mobiuz kompaniyasi «Xotirjam» tarif rejalarini taqdim etdi

Tariflar cheksiz ijtimoiy tarmoqlar va O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlarni o‘z ichiga oladi.

Foto: Mobiuz

O‘zbekistonda Telegram messenjerining 18 milliondan ortiq foydalanuvchisi bor. Mashhur ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari soni esa 5,3 milliondan oshadi va yanada ko‘payib bormoqda. Ularning manfaatlarini inobatga olgan holda Mobiuz mobil operatori yangi «Xotirjam» tarif rejalari turkumini ishga tushirdi va bosqichma-bosqich kengaytirmoqda.

“Xotirjam 25” bu – eng kichik tarif. U oyiga bor-yo‘g‘i 25 ming so‘m bo‘lib, cheksiz Telegram va O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlar, istalgan maqsad uchun 7 500 MB va 1 000 ta SMSni o‘zida jamlagan.

“Xotirjam 40” yanada ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi. U bo‘yicha nafaqat cheksiz Telegram, balki cheksiz Instagram, Facebook, Facebook Messenger, VKontakte, Odnoklassniki, WhatsApp, Viber taqdim etilmoqda. Shuningdek, abonent O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun cheksiz daqiqalar, 15 000 MB va 2 000 SMSga ega bo‘ladi. Tarif abonent to‘lovi – oyiga 40 ming so‘m.

“Xotirjam 60” qo‘shimcha ravishda YouTubeʼdan ham cheksiz foydalanish imkoniyatini beradi (Telegram, Instagram, Facebook, Facebook Messenger, VKontakte, Odnoklassniki, WhatsApp, Viber ham kiritilgan). Shuningdek, O‘zbekiston bo‘ylab VIP qo‘ng‘iroqlar, 35 000 MB internet va 3 000 ta SMS-xabar oyiga 60 000 so‘mga taqdim etiladi.

Ertaga, 8 iyun kuni ushbu turkumning yana bir tarif rejasi e’lon qilinishi kutilmoqda. U bo‘yicha batafsil ma’lumot bilan Mobiuz Instagram-akkauntida tanishib chiqish mumkin bo‘ladi.

Mobiuzʼning «Xotirjam» tariflar turkumining muhim xususiyati mobil internet tezligi cheklanmaganidadir. Abonentlar Telegram va ijtimoiy tarmoqlar orqali istalgan hajmdagi fayllarni yuklab olishi va yuborishi, onlayn translatsiyalar qilishi, ushbu xizmatlarning barcha imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin.

Qizig‘i shundaki, har qanday tarif rejalarida qo‘shimcha cheksiz xizmatlarni ulash mumkin. Masalan, “Xotirjam 40” tarifidagi abonent cheksiz YouTube istaydi. Buning uchun u "Xotirjam 60" ga o‘tishi yoki o‘z tarifida qo‘shimcha ravishda 12 ming so‘mga "Cheksiz YouTube" opsiyasini ulashi mumkin.

Barcha tarif va xizmatlarni Mobiuz mobil ilovasida (https://s.mobi.uz/asii) boshqarish mumkin.

Mobiuz «Xotirjam» tarif rejalarini tanlashga hamda “Qancha megabaytim yoki daqiqam qoldi ekan?” deya qayg‘urmaslikka barchani chorlaydi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid