Sport | 21:16 / 07.07.2023
22791
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik mutaxassis «Bunyodkor» bosh murabbiyi etib tayinlandi

«Bunyodkor» klubi jamoa murabbiylar shtabida o‘zgarishlar yuz bergani haqida ma’lum qildi.

Foto: Bunyodkor

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jamoaning 1-davradagi qoniqarsiz natijalari sababli bungacha bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan Murod Otajonov iste’foga chiqarilgan. Uning o‘rniga Aleksandr Krestinin «Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Rossiyalik mutaxassis 2019 yil Qirg‘iziston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida Osiyo kubogida nimchorakfinalga chiqib, e’tiborga tushgandi.

Qayd etilishicha, klubning yangi direktori Murod Aliyev va yagona ta’sischisi «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tomonidan murabbiy oldiga «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchilari negizida raqobatbardosh jamoa shakllantirish vazifasi qo‘yilgan. 

Ma’lumot uchun, «Bunyodkor» Superliga 1-davrasidan keyin 16 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid