O‘zbekiston | 19:59 / 12.07.2023
7973
2 daqiqa o‘qiladi

Norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘rilgan 7 mlrd so‘m zarar qoplab berildi 

7 mlrd 285,1 mln so‘m mablag‘ tashuvchilarning hisob raqamiga o‘tkazib berildi. 

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

2023 yil ikkinchi choragi yakuni bo‘yicha norentabel avtobus yo‘nalishlaridan ko‘rilgan 7 mlrd 285,1 mln so‘m zarar yo‘lovchi tashuvchilarga qoplab berildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, Namangan viloyatida 1728,8 mln so‘m, Farg‘ona viloyatida 1564,1 mln so‘m, Andijon viloyatida 1036,4 mln so‘m, Toshkent viloyatida 986,4 mln so‘m, Xorazm viloyatida 619,2 mln so‘m, Navoiy viloyatida 510,4 mln so‘m, Samarqand viloyatida 339,8 mln so‘m, Jizzax viloyatida 236,5 mln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 138,3 mln so‘m, Surxondaryo viloyatida 82,2 mln so‘m, Buxoro viloyatida 43,0 mln so‘m mablag‘ qoplab berilgan. Qolgan viloyatlarda yo‘lovchi tashuvchilar tomonidan ko‘rilgan zarar miqdori bo‘yicha hisob-kitoblar topshirilmagan. 

Vazirlar Mahkamasining «Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 630-sonli qaroriga muvofiq, yo‘lovchi tashuvchilar tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zarar miqdori har chorak yakuni bo‘yicha subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab beriladi. 

Mavzuga oid