Hindistonlik er-xotin iPhone olish uchun o‘z chaqalog‘ini sotdi
Er-xotin Instagram videoroliklarini yaratish maqsadida eng yangi gadjetni olish uchun o‘z farzandini sotgan.
Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida yashovchi er-xotin iPhone 14 sotib olish uchun o‘z farzandini sotib yubordi. Bu haqda Times of India xabar berdi.
Er-xotin Instagram videoroliklarini yaratish maqsadida eng yangi gadjetni olish uchun o‘z farzandini sotgan.
Qayd qilinishicha, 8 oylik chaqaloqning yo‘qolib qolganini, ammo ota-onasi bundan qayg‘uda emasligini qo‘shnilar payqab qolishgan. Bundan tashqari, moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan oilada narxi kamida million rupiy bo‘lgan qimmatbaho telefonning paydo bo‘lishi ham qo‘shnilarda shubha uyg‘otgan.
Dastlabki tergovda ona haqiqatan ham iPhone sotib olish maqsadida o‘z farzandini sotganini tan olgan. Hayratlanarlisi shundaki, oila sakkiz oylik chaqaloqni sotishdan oldin, yetti yoshli qizini ham sotishga uringan.
Mahalliy politsiya Sati ismli onani hibsga olgan. Biroq Jaidev Gosh ismli ota qochishga muvaffaq bo‘lgan. Hozir u qidiruvda. Politsiya er-xotinga nisbatan jinoiy ish ochgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024
Hindiston havoning ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlarni kuchaytirdi
18:44 / 17.12.2024
iPhone va Samsung foydalanuvchilarining aksariyati sun’iy intellektni foydali deb hisoblamaydi
20:50 / 16.12.2024