Jahon | 12:15 / 31.07.2023
13716
2 daqiqa o‘qiladi

London Kiyevga topshirilishi mumkin bo‘lgan tanklarni yo‘q qilgan

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ta’mirlash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligini hisobga olib, 43 ta Challenger 2 tankini yo‘q qildi, deb yozadi The Times. Gazetaning yozishicha, mashinalar Kiyevga topshirilishi mumkin edi. 

Challenger 2 tanki Foto: Ben Birchall/PA Wire/empics/picture alliance

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Britaniya zirhli tank kuchlari tarkibidagi 43 ta Challenger 2 tankini yo‘q qilib, bu ularni ta’mirlash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi bilan bog‘liq ekanini bildirdi, ammo bu mashinalar Kiyevga ham topshirilishi mumkin edi, deb yozadi 30 iyul, yakshanba kuni Britaniyaning The Times gazetasi. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, utilizatsiya 2010-2014 yillarda amalga oshirilgan va soliq to‘lovchilarning 4 million funt sterlingdan (4,6 million yevro) ko‘proq mablag‘i evaziga qilingan.

Yanvar oyida Buyuk Britaniya Kiyevga 14 ta Challenger 2 tankini yetkazib berishini e’lon qilgan edi. 

1990-yillarning o‘rtalarida Britaniya hukumati Iroq urushida foydalanilgan 386 ta Challenger 2 tankini sotib oldi, ulardan 40 tasi 2010 yilga kelib yo‘q qilindi, deya eslaydi gazeta. 2010 yildagi Strategik mudofaa va xavfsizlik sharhi doirasida bunday mashinalar soni 40 foizga qisqartirildi. 

Londondagi Mudofaa vazirligi ushbu mashinalarning umumiy sonini 148 donaga qisqartirishni rejalashtirmoqda, qolganlari yangi standart - Challenger 3 asosida modernizatsiya qilinadi.

Mavzuga oid