O‘zbekiston | 16:50 / 31.07.2023
6250
5 daqiqa o‘qiladi

Mobiuz abonentlari soatiga 50 terabaytga yaqin mobil internet sarflaydi

Foto: Mobiuz

Ushbu trafikning 80% dan ortig‘i 4G LTE tarmoqlari orqali o‘tadi. O‘tgan yilga nisbatan 5G tarmog‘i orqali 187 foizga ko‘proq internetdan foydalanilgan.

Mobiuz mobil operatori O‘zbekistonda telekommunikatsiya va aloqa sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlardan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. “Raqamli O‘zbekiston 2030” Strategiyasi maqsadlari va uzoq muddatli rivojlanish rejalaridan kelib chiqqan holda kompaniya aloqa xizmatlarini kengaytirmoqda. Buni uning 2023 yilning birinchi yarmidagi faoliyati natijalari ham ko‘rsatib turibdi.

Joriy yilda uyali aloqa operatori xorijiy hamkorlar bilan umumiy qiymati 100 million dollardan ortiq bo‘lgan yangi hujjatlar paketini imzoladi. Xitoylik hamkorlar bilan umumiy qiymati 150 million AQSh dollariga teng investitsiya loyihasini amalga oshirish ishlari ham davom etmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Mobiuz 1040 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi, shundan 130 dan ortig‘i yangi joylashuvlarda qad rostladi. Yilning ikkinchi yarmida uskunalarni jadal o‘rnatish uchun yana 495 ta antenna-machta konstruksiyalari tayyorlandi.

Natijada O‘zbekistonning aholi yashaydigan hududlarini 4G LTE tarmog‘i bilan qamrab olish darajasi 92 foizga yetdi. Shu yilning olti oyida respublikamizning 100 dan ortiq aholi punktlarida, jumladan, olis va baland tog‘li tumanlarda to‘rtinchi avlod tarmoqlari paydo bo‘ldi.

Taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Massive MIMO texnologiyasi (chastota kanalida uzatiladigan axborot hajmi oshirish) sinovdan o‘tkazildi va ishga tushirildi. 4G LTE bilan hududlarni tezroq qamrab olish uchun 2600 MGs, 1800 MGs, 800 MGs diapazonlari bilan bir qatorda 2100 MGs diapazonidan ham faol foydalanilmoqda. Yirik shaharlar va tuman markazlarida takomillashtirilgan 4G+ standartida xizmatlar ko‘rsatila boshlandi.

Yozning shov-shuvli voqeasi Mobiuz tomonidan abonentlar uchun VoLTE texnologiyasining ishga tushirilishi bo‘ldi. Hozirda Toshkent shahri, Andijon, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida VoLTE xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Yil oxiriga qadar barcha hududlarni texnologiya bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Tarmoq qanchalik rivojlansa, abonentlar uchun yangi mahsulot va xizmatlarni joriy qilish uchun shunchalik ko‘p imkoniyatlar ochiladi. 2023 yilning birinchi yarmida Mobiuz cheksiz internetni taqdim etishda muhim qadam tashladi.

Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlar uchun cheksiz imkoniyatlar ishga tushirildi: ko‘pi bilan 20 ming so‘mga abonentlar O‘zbekistondagi barcha mashhur ijtimoiy tarmoqlar va xizmatlardan cheksiz foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ular orasida Telegram, Instagram, YouTube, Zoom va boshqalar bor.

Ikkinchi bosqichda «Xotirjam» tarif rejalari turkumi ochildi. Ularda nafaqat cheksiz ijtimoiy tarmoqlar, balki butun O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar ham joriy etildi. Agar ilgari Mobiuz abonenti oyiga 40 ming so‘mga tarmoq ichida cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 5 000 daqiqa, 8 000 MB internetga ega bo‘lgan bo‘lsa, endilikda xuddi shu 40 ming so‘mga cheksiz qo‘ng‘iroqlar va cheksiz ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, 15 000 MB taqdim etilmoqda.

Mobiuz mobil ilovasini yanada yaxshilashga ham katta e’tibor qaratildi. Kompaniyaning barcha mahsulot va xizmatlari endi ilovada osongina boshqariladi. Ballarni to‘plash va ularni megabaytlarga almashtirish tizimi mavjud. Turli xizmatlar, jumladan, davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati joriy etildi.

– Faolliklarni amalga oshirishda davr va bozor talabiga tayanamiz. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish servislarini rivojlantirishga, mobil ilova orqali to‘lovlar, moliyaviy xizmatlar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishga katta e’tibor qaratyapmiz. Yaqin kelajakda Mobiuz tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini kengaytirish va yaxshilash davom ettiriladi. Tarmoqqa ulanishning yangi imkoniyatlarining joriy etilishi esa bu jarayonni abonent uchun yanada tez va qulayroq qilish imkonini beradi”, — deydi Mobiuz Bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova.

Mobiuz’ning joriy rivojlanish natijalari haqida batafsil ma’lumot kompaniyaning Telegram-kanalida joylashtirilib boriladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid