London Kara-Murzaga hukm chiqargan sudyalarga qarshi sanksiyalar kiritdi
6 kishi Buyuk Britaniyaning yangi cheklovlari ostida qoldi - prokurorlar, sudyalar va ekspert. Ularga Buyuk Britaniyaga kirish va mamlakatda mulkka ega bo‘lish taqiqlangan.
Britaniya hukumati saytida 31 iyul, dushanba kuni chop etilgan hujjatga ko‘ra, Buyuk Britaniya olti nafar Rossiya fuqarosini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi, ular orasida Rossiya Bosh prokuraturasi prokurorlari ham bor.
Sanksiyalar ostida qolganlar orasida prokurorlar Boris Loktionov va Anna Potichko, sudyalar Vitaliy Belitskiy, Yekaterina Doroxina va Natalya Dudar, shuningdek, ekspert Danila Mixeyev bor. Ularga Buyuk Britaniyaga kirish va mamlakatda mulkka ega bo‘lish taqiqlangan. Londonga ko‘ra, bu shaxslarning barchasi muxolifatchi va jurnalist Vladimir Kara-Murzaga qarshi sud jarayonlarida ishtirok etgan.
Avvalroq Moskvaning umumiy yurisdiksiya birinchi apellyatsiya sudi 25 yilga qattiq rejimdagi koloniyaga hukm qilingan Vladimir Kara-Murzaga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Sud majlisi yopiq eshiklar ortida o‘tdi, jurnalistlarga faqat qarorni eshitish uchun kirishga ruxsat berildi. Muxolifatdagi rossiyalik siyosatchi 2022 yil aprelida hibsga olingan. Dastlab u Rossiya armiyasi haqida feyk xabar tarqatishda ayblangan. Keyin davlatga xiyonat bo‘yicha ayblov qo‘shildi.
Mavzuga oid
10:35 / 18.12.2024
Kara-Murzaning onasi zaharlanish alomatlari bilan Charité'ga yotqizildi
23:25 / 13.12.2024
Londonda 300 metrli ofis binosini qurishga ruxsat berildi
17:33 / 02.12.2024
Yana London - dunyoning eng yaxshi shaharlari e’lon qilindi
11:15 / 29.11.2024