Hindiston «Chandrayan-3» kosmik stansiyasini Oy orbitasiga olib chiqdi
Avgust oxirida uning Oy yuzasiga qo‘nishi kutilmoqda.
«Chandrayan-3» avtomatik koinot stansiyasi Oy atrofidagi orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqildi. Bu haqda Hindiston kosmik agentligi xabar berdi.
«Chandrayan-3» Oy orbitasiga muvaffaqiyatli olib chiqildi. Navbatdagi operatsiya (orbitani pasaytirish) 6 avgust kuniga rejalashtirilgan», deyiladi tashkilot xabarida.
«Chandrayan-3» apparati qo‘nish va harakatlantiruvchi modullar hamda Oyyurardan iborat. Qo‘nish qismi 17 avgust kuni apparatdan ajralib chiqadi va hind mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 23 avgust kuni Oy yuzasiga qo‘nadi.
2019 yilda «Chandrayan-2» kosmik kemasi Oy orbitasiga olib chiqilgan edi. Ammo «Vikram» modulini Oy yuzasiga qo‘ndirish paytida noma’lum sabablarga ko‘ra aloqa uzilib qoldi. Hindistonlik mutaxassislar qurilma bilan aloqani tiklash uchun bir qancha urinish qildi, biroq ularning barchasi behuda ketdi.
«Chandrayan-3» missiyasi ushbu xatolarni inobatga olgan holda tashkil etildi. Bu safar Hindiston uni Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024
Hindiston havoning ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlarni kuchaytirdi
21:54 / 12.12.2024
Hindiston va Rossiya neft bo‘yicha tarixiy kelishuvga erishdi - OAV
23:45 / 09.12.2024