HAMAS Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi
Birinchi bosqichda Isroil pozitsiyalari 5 mingta raketa va minomyot snaryadidan o‘qqa tutildi, dedi HAMAS jangovar qanoti qo‘mondoni.
Falastinning HAMAS harakati harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad al-Dayf Isroilga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi.
«Birinchi bosqichda Isroil pozitsiyalari 5000 ta raketa va minomyot snaryadlaridan o‘qqa tutildi», — dedi HAMAS qurolli qanoti qo‘mondoni.
«Falastin xalqi o‘z inqilobini qayta kashf etmoqda va davlat yaratish loyihasiga qaytmoqda. Biz Isroilning qonunbuzarliklariga qarshi chiziq tortishga qaror qildik va Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni»ni boshladik», dedi al-Dayf.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi Isroil o‘ylagani va kutganidan ancha jiddiy bo‘ladi.
Falastinlik qo‘mondon arab dunyosini Isroil okkupatsiyasini «yo‘q qilish» uchun birlashishga chaqirdi.
«Birinchi bosqichda Isroil harbiy obektlari va havo bazalariga hujum qilindi. Isroil yo‘nalishi bo‘yicha raketalarni uchirish davom etadi», deya ta’kidladi al-Dayf.
Mavzuga oid
16:05 / 24.12.2024
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01 / 24.12.2024
Isroil Eronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirganini ilk bor tan oldi
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
16:40 / 20.12.2024