Toshkent jahondagi havosi eng iflos shaharlar beshligiga kirdi
7 noyabr tongida Toshkent shahri havoning iflosligi bo‘yicha IQAir reytingida Mumbay va Karachini ortda qoldirib, dunyoda 5-o‘ringa chiqdi.
Bugun, 7 noyabr tongida Toshkent atmosfera havosining ifloslangani bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 5-o‘rinni egalladi. Bu boradagi onlayn indeksni IQAir portalida ko‘rish mumkin.
IQAir portaliga ko‘ra, soat 7:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 100 mkg/m3ni tashkil etgan – bu “zararli” tasnifidagi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Reytingda 1-o‘rinni Pokistonning Lahor shahri egalladi - PM-2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 347 mkg/m3. Hindistonning Dehli shahri 2-pog‘onada - 342 mkg/m3. Uchlikka Hindistonning Kalkutta shahri yakun yasadi - 222 mkg/m3.
Bangladesh poytaxti Dakka to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa (188 mkg/m3), O‘zbekiston poytaxti Toshkent beshinchi pog‘onadan joy oldi (174 mkg/m3).
Shuningdek, reytingda dastlabki o‘nlikdan Hindistonning Mumbay, Pokistonning Karachi, Iroqning Bag‘dod, Vetnamning Xoshimin va Indoneziyaning Jakarta shaharlari o‘rin oldi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM-2,5 dispers zarralaridir.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024