O‘zbekiston | 11:43 / 21.11.2023
14256
1 daqiqa o‘qiladi

IIV Probatsiya xizmatiga yangi rahbar tayinlandi 

Polkovnik Sharof Uralov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Foto: IIV

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmatiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti xabar bermoqda.

Polkovnik Sharof Urazaliyevich Uralov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Sharof Uralov bunga qadar IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.

U voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlashni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Bundan oldin IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Bunyod Rajabov Urganch hokimi bo‘lgandi

Mavzuga oid