O‘zbekiston | 11:35 / 14.12.2023
5433
1 daqiqa o‘qiladi

Noqulay ob-havo Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi

Ko‘rish masofasi pasayishi (250 metr) Red Wings aviakompaniyasi reysini Farg‘onadagi muqobil aerodromga yo‘naltirishga sabab bo‘ldi.

Foto: Uzbekistan Airports

Noqulay ob-havo Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Ko‘rishning yomonligi (250 metr) Red Wings aviakompaniyasi reysini Farg‘onadagi muqobil aerodromga yo‘naltirishga sabab bo‘ldi.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasining Mahachqal’a — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan RA1123 reysi kutish hududida bo‘lganidan so‘ng Farg‘ona xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi. Bortida 76 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 10:21 da Farg‘ona aeroportiga qo‘ndi. Yaqin soatlarda yo‘lovchilar Namangan aeroportiga yerusti transporti orqali yetkaziladi.

Red Wings aviakompaniyasining Namangan — Mahachqal’a yo‘nalishi bo‘yicha RA1124 reysi Farg‘ona aeroportidan amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar Namangan shahridan belgilangan aeroportga yerusti transportida yetkaziladi.

Mavzuga oid