Iqtisodiyot | 18:39 / 22.12.2023
33520
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank yangicha firibgarlikdan ogohlantirdi

Firibgarlar soxta telefon raqamlaridan qo‘ng‘iroq qilib, bank kartalaridagi pullarni o‘zlashtirishga urinmoqda.

Firibgarlar soxta telefon raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Markaziy bank xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolarning ishonchiga kirishga urinmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Qayd etilishicha, firibgarlar Markaziy bank nomidan ochilgan soxta telegram-kanali orqali fuqarolarga onlayn kredit taklif etib, ularning bank kartasiga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritib, pul mablag‘larini o‘zlashtirmoqda.

Ta’kidlanishicha, Markaziy bank jismoniy shaxslarga kredit ajratmaydi va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydi.

Fuqarolardan bank kartasi ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik, internet orqali yuborilgan hech qanday havolaga kirmaslik so‘raladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida Markaziy bankning verifikatsiyadan o‘tgan sahifalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Mavzuga oid