Jahon | 20:42 / 02.01.2024
18410
1 daqiqa o‘qiladi

Beshta mamlakat BRICS a’zosi bo‘ldi 

Saudiya Arabistoni, Misr, Eron, BAA va Efiopiya tashkilotga qabul qilindi.

Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni BRICS davlatlararo ittifoqiga rasman qo‘shildi. Bu haqda The National News xabar berdi.

Qirollik tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon BRICS tashkilotini iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun «foydali va muhim kanal» deb atadi.

Saudiya Arabistonidan tashqari yana to‘rtta mamlakat BRICS a’zoligiga qabul qilindi: Misr, Eron, BAA va Efiopiya.

Bu mamlakatlarning barchasi, shuningdek, Argentina ham 2023 yil avgust oyida tashkilotga taklif qilingan edi. Dekabr oyida Argentinaning yangi prezidenti Xaviyer Miley BRICS a’zosi bo‘lish rejasidan voz kechdi.

Ittifoq 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik unga Janubiy Afrika qo‘shilgan.

Mavzuga oid