Navoiyda qo‘lida qurol bilan Gentra boshqargan yoshlar 10 sutkaga qamaldi
Ikki yigit yuzida qora maska va qo‘lida o‘yinchoq to‘pponcha bilan mashina boshqargan hamda buni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan. Ularning bu qilmishi mayda bezorilik deb topildi.
Navoiy shahrida qo‘lidagi o‘yinchoq qurolni Gentra oynasidan chiqarib, mashina boshqargan ikki yigit jazoga tortildi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yigitlar 2023 yilning sentabr oyida yuziga maska kiygan va qo‘lida o‘yinchoq qurol tutgan holda Navoiy shahri G‘alaba shohko‘chasida mashina boshqarib, holatni tasvirga olishgan. So‘ngra uni Instagram’ga joylashgan.
“Kechki payt jo‘ram mashinangda video olaylik, deb iltimos qildi. Rozi bo‘ldim. Qo‘lida o‘yinchoq qurol, yuzida esa maska bor edi. Video Instagram’ga joylanganidan so‘ng tarqalib ketdi. Bu oddiy o‘yinchoq qurol, deb o‘ylagandik”, degan huquqbuzarlardan biri.
Yigitlarning ushbu harakati jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybli deb topilib, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Oldinroq Toshkentda Monza’dan tanasini chiqarib harakatlangan yoshlarning ota-onasi javobgarlikka tortilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:10 / 11.12.2024
Navoiyda elektromontyor 12 kishining nomiga kredit olib, onlayn qimorga yutqazib qo‘ydi
08:32 / 11.12.2024