Andijonda 1,7 milliard dollarlik yangi loyihalar shakllantirilgan
Prezident Andijon viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Andijon viloyatida xitoylik investorlar bilan hamkorlikda jami 1,7 milliard dollarlik 26 ta loyiha ustida ish borilmoqda. Bu haqda prezidentning viloyatga tashrifi vaqtida ma’lum qilingan. Ular enegretika, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va infratuzilma kabi muhim sohalarda.
«Masalan, mini gidro elektr stansiyalar, uy-joy va ko‘ngilochar maskanlar qurish, elektrobuslar va ular uchun akkumulyatorlar, keramogranit va beton panellar, dori vositalari ishlab chiqarish, gilos va rezavor mevalar yetishtirish kabi loyihalar ko‘plab ish o‘rinlari, iqtisodiy samaradorligi bilan xalqimizga katta manfaat keltiradi», deyiladi xabarda.
Davlat rahbari xitoylik investorlar bilan suhbatlashdi. Ular O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yuksak darajaga chiqqani, mamlakatdagi ulkan imkoniyatlar ishbilarmonlarga ishonch berayotganini ta’kidlashdi.
Mavzuga oid
11:45 / 29.12.2024
Andijonda 5 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi
17:00 / 28.12.2024
2024 yilda O‘zbekistonga investitsiyalar miqdori qariyb 50 foizga qisqardi - ESCAP
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
21:28 / 19.12.2024