15:51 / 15.03.2024
3108

Avstriyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Avstriyaning yangi elchisi (qarorgohi Vena shahrida) Matias Radostichni qabul qildi. 

Foto: Dunyo

"Avstriyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Matias Radostich janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, ikki va ko‘p tomonlama munosabatlar, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishdagi hamkorlik kun tartibi ko‘lami juda keng. 

"Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida foydalanilmagan imkoniyatlarni kashf etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz", deydi Baxtiyor Saidov.

Matias Radostich 2018-2024 yillarda Toshkentda akkreditatsiyadan o‘tgan elchi Alois Kraut o‘rniga tayinlangan.

Baxtiyor Ibragimov ayni paytda O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.

Mavzuga oid
Top