O‘zbekiston | 10:19 / 25.04.2024
2270
2 daqiqa o‘qiladi

Chilining O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Chilining yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Chilining mamlakatdagi yangi elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskva shahrida) Eduardo Eskobardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

"Chilining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Eduardo Eskobar janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Suhbat chog‘ida o‘zaro munosabatlarni faollashtirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, parlamentlararo muloqot, qo‘shma savdo komissiyalari va hamkorlikning boshqa yangi shakllarini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Chili o‘rtasida diplomatik munosabatlar bundan qariyb 30 yil avval – 1994 yil 15 sentabrda o‘rnatilgan. Chilining yangi elchisi 64 yoshda va u tajribali diplomat sanaladi. Yangi elchi TIV markaziy apparatida va Chilining Isroil, Kot-d`Ivuar, Argentina, Kanada, AQSh, Avstraliya, Ekvador, Iordaniya va Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalarida ishlagan. 2021 yil may oyidan buyon Rossiyadagi elchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U ingliz, ispan va fransuz tillarini mukammal biladi.

Mavzuga oid