10:30 / 15.03.2024
1320

Janubiy Koreya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayapti

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasi elchisi Kim Xi-sangni qabul qildi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

"Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan elchisi Kim Xi-sang janoblari bilan uchrashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

U Tashqi ishlar vazirligi nomidan elchiga mamlakatda bo‘lgan davrida O‘zbekiston-Koreya Respublikasi alohida strategik sherikligini boyitishga qaratilgan fidokorona xizmati uchun o‘z minnatdorligini bildirdi. Diplomatning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Elchi Kim Xi-sang 2022 yilning 24 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Top