O‘zbekiston | 18:32 / 07.05.2024
3980
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi 

Shavkat Mirziyoyev va Peter Siyyarto O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni qo‘shma Hukumatlararo komissiya tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyartoni qabul qildi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakat strategik sherikligi izchil mustahkamlanib, amaliy aloqalar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Sanoat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, logistika, ko‘chmas mulk obektlarini qurish va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi. Toshkent viloyatida Vengriya va Yevropa kompaniyalarining loyihalari uchun maxsus iqtisodiy zonani tez fursatda ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi. 

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkilotidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. 

Mavzuga oid