Toshkentda ikkita “garmoshka” avtobus to‘qnashdi
18 metrli King Long avtobusi piyodalar o‘tish yo‘lagida piyodani o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan vaqtda ortidan masofa saqlamay kelgan xuddi shunday avtobus kelib urilgan. Natijada avtobus haydovchisi, chiptachisi va 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan.
Toshkentning Sergeli tumanida King Long rusumli 18 metr uzunlikdagi avtobus xuddi shunday rusumdagi boshqa bir avtobusga borib urildi, oqibatda 4 kishi jarohatlandi.
“Toshshahartransxizmat” axborotiga ko‘ra, 14 iyun kuni soat 16:14 larda 131-yo‘nalishdagi avtobus Yangi Sergeli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, piyodalar o‘tish yo‘lagida piyodani o‘tkazish uchun to‘xtagan vaqtda, orqadan oraliq masofa saqlamay harakatlanib kelayotgan 58-yo‘nalish avtobusi kelib urilgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, avtobus haydovchisi, chiptachisi va 2 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan. Avtobuslar texnik shikastlangan.
Kompaniyada holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan, holatni YHXB ham o‘rganmoqda.
Mavzuga oid
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
13:54 / 19.12.2024