Jahon | 18:18 / 21.06.2024
5699
2 daqiqa o‘qiladi

Armaniston Falastin mustaqilligini tan olganini e’lon qildi 

Umuman olganda, Falastin suvereniteti BMT 193 a’zosidan 147 tasi tomonidan tan olingan. 

Foto: Getty Images

Armaniston Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oladi, deyiladi mamlakat TIV bayonotida. 

Shuningdek, Armaniston BMT Bosh Assambleyasining G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlaganini, shuningdek, «Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan, yahudiy va Falastin xalqlari o‘rtasida mustahkam tinchlik o‘rnatilishidan manfaatdor ekanligini» eslatdi. 

«Turli xalqaro forumlarda biz har doim Falastin muammosini tinch va keng qamrovli hal etish tarafdori bo‘lib kelganmiz va Isroil-Falastin mojarosining «ikki davlat» tamoyili asosida hal qilinishini qo‘llab-quvvatlaganmiz, bu falastinliklar va isroilliklar orzusini amalga oshirishni ta’minlashning yagona yo‘li ekaniga aminmiz», deyiladi bayonotda. 

22 may kuni Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Umuman olganda, Falastin suvereniteti BMT 193 a’zosidan 147 tasi tomonidan tan olingan. 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Falastinni tan olish qarorini «terrorizm uchun mukofot» deb atadi.

Mavzuga oid