O‘zbekiston | 13:40 / 22.07.2024
2597
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya universitetida "O‘zbekshunoslik" kafedrasi ochildi

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashabbusi bilan Koreya Respublikasining Namseul universitetida "O‘zbekshunoslik" kafedrasi ochildi.

Foto: "Dunyo" AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi mudiri Akmal Odilov hamda kafedra o‘qituvchisi Muslima Amiriddinova Namseul universitetiga tashrif buyurdi. Safar davomida universitet vitse-prezidenti, professor Yun-Seok Li va boshqa mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ikki universitet vakillari kelishuvi asosida ochilayotgan "O‘zbekshunoslik" kafedrasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar kafedraning O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini Koreya Respublikasida keng targ‘ib qilishda muhim o‘rin egallashiga umid bildirdilar.

Namseul universiteti vitse-prezidenti Yun-Seok Li "O‘zbekshunoslik" kafedrasiga mas’ul etib universitetning o‘zbekistonlik professori Zoyir Sattorovni tayinlanganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid