O‘zbekiston | 14:30 / 05.08.2024
6370
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi

Shavkat Mirziyoyev 10 kun davom etgan mehnat ta’tilidan qaytdi. Joriy haftada davlat rahbari Qozog‘istonda bo‘lishi va «Markaziy Osiyo + Yaponiya» formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Hafta yakunida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

5 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Qayd etilishicha, joriy haftada prezident huzurida ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hafta davomida (7–9 avgust) Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.

Davlat rahbari Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida hamda «Markaziy Osiyo + Yaponiya» formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Hafta yakunida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

Bungacha davlat rahbari aprel oyida ta’tilga chiqqandi. Undan avvalroq 2023 yil dekabr oyida, undan avval esa 2022 yil yanvarida qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgandi.

Mavzuga oid