Jahon | 12:23 / 14.08.2024
1504
1 daqiqa o‘qiladi

4 iyuldan beri G‘azodagi maktablarga 20 dan ortiq hujum uyushtirildi

O‘tgan 10 oy ichida G‘azodagi maktablarning yarmidan ko‘pi to‘g‘ridan to‘g‘ri hujumga uchragan.

Foto: Anadolu Agency

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 4 iyuldan buyon Isroilning G‘azo sektoridagi falastinliklarga boshpana bergan 21 maktabga uyushtirgan hujumlarida 274 kishi halok bo‘lganini bildirdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ishlari agentligi Isroilning G‘azodagi ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan maktablarga uyushtirgan hujumlari haqida bayonot berdi. 

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 10 oy ichida G‘azodagi maktablarning yarmidan ko‘pi bevosita hujumga uchragan. 

4 iyuldan beri G‘azoda maktablarga 20 dan ortiq hujum uyushtirildi, natijada 274 falastinlik halok bo‘ldi.

Bayonotda G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligi ta’kidlandi.

7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azodagi hujumlari natijasida 39 929 falastinlik, jumladan 16 314 bola va 10 980 ayol halok bo‘ldi, 92 240 nafari yaralandi.

Mavzuga oid