Jahon | 09:47 / 30.08.2024
4701
3 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya Ukrainaga Rossiya uzra F-16'dan foydalanishga ruxsat berdi

Niderlandiya qurolli kuchlari qiruvchi samolyotlardan foydalanishga hech qanday cheklovlar qo‘ymaganini ta’kidladi – Ukraina qurolli kuchlari F-16 va Niderlandiyadan berilgan boshqa qurollardan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishi mumkin.

Foto: AP

Ukraina Rossiya hududida Niderlandiyadan olingan F-16 qiruvchi samolyotlaridan foydalanishi mumkin. Niderlandiya qurolli kuchlari qo‘mondoni Onno Eyxelsxaym 29 avgust, payshanba kuni NOS milliy teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida shunday dedi: "Biz F-16 samolyotlaridan foydalanish va parvoz masofasiga hech qanday cheklovlar qo‘ymadik".

Eyxelsxaymning so‘zlariga ko‘ra, xuddi shu narsa Niderlandiya tomonidan yetkazib berilgan boshqa qurollarga ham tegishli - Ukraina qurolli kuchlari agar bu xalqaro gumanitar huquq tamoyillariga mos kelsa, ularni jang maydonida «o‘z xohishiga ko‘ra» tasarruf etishi mumkin. «Biz Ukraina urushda g‘alaba qozonishini xohlaymiz va buning amalga oshishi uchun barcha sa’y-harakatlarni ko‘ramiz», deb tushuntirdi harbiy amaldor.

Umuman olganda, Niderlandiya Ukrainaga 24 ta F-16 qiruvchi samolyotini topshirishga va’da berdi. Eyxelsxaym ularning qanchasi mamlakatda joylashtirilganini aytmadi.

Zelenskiy: Ukraina Rossiyaga qarshi F-16'dan foydalanishga tayyorlanmoqda

Ukraina G‘arb tomonidan yetkazib berilgan F-16 qiruvchi samolyotlarini Rossiyaga qarshi ishlatishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 26 avgust kuni ma’lum qildi. 

«Bugun men kunni [Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr] Sirskiy bilan alohida uzoq suhbatdan boshladim: biz bu raketa hujumi uchun Rossiyaga javob berishga tayyorlanyapmiz. F-16’dan foydalanish va Kursk viloyatidagi operatsiya uchun so‘nggi 24 soat ichida nazorat zonasini kengaytirdik va almashish fondini to‘ldirdik».

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, boshqa frontlardagi vaziyat, jumladan, Rossiya armiyasi asta-sekin olg‘a siljib borayotgan va shiddatli janglar ketayotgan Pokrovskiy yo‘nalishi ham muhokama qilingan. Bundan tashqari, Ukraina rahbari energetika obektlarini Rossiya hujumlaridan himoya qilish bo‘yicha «bir qancha muhim qarorlar» haqida e’lon qildi, ammo tafsilotlarni keltirmadi. 

Mavzuga oid