Ozarboyjondagi parlament saylovlarida Aliyevning partiyasi g‘alaba qozondi
«Yangi Ozarboyjon» partiyasi mamlakat parlamentidagi 125 o‘rindan 63 tasini qo‘lga kiritadi. Muxolifat saylovlarni boykot qildi.
1 sentabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin saylovlar natijalariga ko‘ra Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning partiyasi mamlakat parlamentidagi 125 o‘rindan 63 tasini qo‘lga kiritishi mumkin, deyiladi Oracle Advisory Group tomonidan «Fuqarolar mehnat huquqlarini himoya qilish ligasi» bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ekzitpol natijalarida.
Yana 40 ga yaqin o‘rin mamlakat hukumatining amaldagi yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlovchi mustaqil nomzodlarga beriladi. Ular orasida Ozarboyjonning Rossiyadagi elchisi Po‘lat Bulbul o‘g‘li ham bor. U Qorabog‘dagi saylov okruglaridan biriga nomzodini qo‘ygan. Qolgan o‘rinlar Ozarboyjon hukumatiga sodiq qolgan partiyalar tomonidan o‘zaro taqsimlanadi.
Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, ekzitpol Naxichevan Muxtor Respublikasidagi oltita saylov okrugini qamrab olmagan, u yerda, TASS agentligi yozganidek, «hukmron partiyaning pozitsiyasi an’anaviy tarzda kuchli». Shuning uchun uning haqiqiy natijasi bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin.
Ozarboyjondagi muxolifat saylovlarni boykot qildi
Mamlakatning asosiy muxolifat partiyasi - Ozarboyjon Xalq fronti partiyasi (OXFP) navbatdan tashqari parlament saylovlarini boykot qilishga qaror qildi. U o‘z qarorini mavjud sharoitda ularda ishtirok etish ma’nosiz ekanligi bilan izohladi. «Agar saylovlar hech bo‘lmaganda qisman shaffof bo‘lganida, biz qatnashib, g‘alaba qozongan bo‘lardik, ammo bu yerda 1 foiz ham shaffoflik yo‘q, nega biz bu saylovlarda qatnashishimiz kerak?» – deya tushuntirdi partiya raisining maslahatchisi Mamed Ibrohim OXFP pozitsiyasini.
Boykotga Ozarboyjon Demokratik kuchlari milliy kengashi (DKMK) koalitsiyasi ham qo‘shildi. Ular o‘z bayonotida saylovlarni «fars» deb atab, unda ishtirok etish «milliy manfaatlar nuqtayi nazaridan keraksiz va zararli» ekanini ta’kidladi.
Kampaniyada muxolifatdagi «Musavat» partiyasi ishtirok etdi. Biroq, ekzitpollar natijalariga ko‘ra, u Ozarboyjon parlamentining yangi chaqirig‘ida birorta ham o‘ringa ega bo‘lmaydi.
Ozarboyjonda saylovlar YeKPA kuzatuvchilarisiz o‘tmoqda
Ozarboyjonda navbatdan tashqari parlament saylovlari Yevropa kengashi parlament assambleyasi (YeKPA) kuzatuvchilari ishtirokisiz o‘tkazildi.
Mavzuga oid
10:44 / 14.12.2024
GFRda XDI/XSIning ikki a’zosi Ozarboyjonga pora evaziga yordam berganlikda ayblanmoqda
14:22 / 08.12.2024
Ozarboyjonda mushkul vaziyatda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
10:19 / 03.12.2024
Ruminiyada prezidentlik saylovlari birinchi turi natijalari tasdiqlandi
15:11 / 02.12.2024