Yaponiya demografik inqirozga qarshi to‘rt kunlik ish haftasini joriy qilmoqda
Tokio demografik inqirozga qarshi kurashning yangi yo‘li - to‘rt kunlik ish haftasini sinab ko‘radi. Chunki Yaponiyada tug‘ilish ketma-ket sakkiz yildan beri kamaymoqda.
Tokio demografik inqirozga qarshi kurashning yangi yo‘li — to‘rt kunlik ish haftasini sinab ko‘radi. Hukumatning bunday qarori Yaponiyada tug‘ilish bilan bog‘liq vaziyat kamayib ketgani fonida qilinmoqda.
Qayd etilishicha, mamlakatning eng yirik ish beruvchi shaharlaridan biri bo‘lgan Tokioda xodimlarga haftasiga to‘rt kun ishlashga ruxsat berilgan. Mazkur yangilik ayollarga bo‘lgan bosimni kamaytirish va mamlakatda tug‘ilishni oshirishga yo‘naltirilgan.
Islohotlar doirasida xodimlar nafaqat haftasiga to‘rt kun ishlashi, balki bolalar parvarishi uchun qisman ta’til ham olishi mumkin. Bunday tashabbus ish kunini ikki soatga qisqartirish imkonini beradi va bu ota-onalar uchun juda muhim.
«Ayollar farzand ko‘rish yoki bola tarbiyalash kabi hayotiy vaziyatlar tufayli o‘z karerasini qurbon qilmasliklari uchun ish shaklini moslashtirishni davom ettiramiz», — deydi Tokio gubernatori Yuriko Koike.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada tug‘ilish ketma-ket sakkiz yildan beri kamaymoqda. 2024 yilning birinchi yarim yilligida mamlakatda tug‘ilish rekord darajada tushib ketgan — 350 ming chaqaloq tug‘ilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 foizga kam demak.
Ta’kidlanishicha, Yaponiya hukumati o‘nlab yillardan beri tug‘ilishni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib kelmoqda: bolalar bog‘chalari uchun subsidiyalar, bola parvarishi va hatto tanishuvlar uchun mo‘ljallangan ta’tillar. Ammo ularning samarasi minimal bo‘lib qolmoqda, chunki ayollarga ishda qo‘yilayotgan yuklama va mehnat madaniyati o‘zgarishsiz qolib kelyapti.
Tadqiqotlarga ko‘ra, ish haftasining qisqarishi uydagi majburiyatlarning teng taqsimlanishi va hayot tarzini yaxshilashga xizmat qiladi. Oltita davlatdagi tajriba erkaklar farzandlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishi va uy ishlarida ishtirok etishini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
18:22 / 22.12.2024
Yaponiyada AESlar yaqiniga radioaktiv zarralardan himoya qiluvchi palatkalar joylashtiriladi
20:30 / 21.12.2024
Yaponiya kompaniyasi noyob ichimlik - kosmik sakeni tayyorlash niyatida
22:03 / 18.12.2024
Yaponiya kelgusi yilda mudofaa xarajatlarini rekord darajada oshiradi
19:53 / 18.12.2024